O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI YOSH OLIMLAR KENGASHINING NIZOMI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI YOSH OLIMLAR KENGASHINING

NIZOMI

1. Umumiy qoidalar

1.1. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Yosh olimlar kengashi (FAYoOK) O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi (FA) qoshidagi doimiy faoliyat yurituvchi kollegial maslaxat organi bo‘lib, yosh olimlar, aspirantlar va mutaxassislarning ijodiy salohiyatini samarali ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, tashkiliy ilmiy va texnik muammolarni hal qilishning yangi yo‘llarini izlash, shuningdek ilmiy yoshlarning kasb sohasidagi manfaatlarini ifoda etish va muhim ijtimoiy muammolarni hal qilishga qaratilgan.

1.2. YoOK faoliyati davlat byudjeti, tanlov asosida yutib olingan davlat va halqaro grantlar hamda belgilangan tartibda jalb qilingan byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga moliyalashtiriladi.

1.3. YoOK o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, amaldagi qonunlari, FA Prezidentining buyruqlari, mazkur Nizom va boshqa normativ hujjatlar asosida amalga oshiradi.

1.4. YoOKning to‘liq nomlari:

– rus tilida: Soyuz molodыx uchenыx Akademii nauk Respubliki Uzbekistan;

– o‘zbek tilida: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Yosh olimlar kengashi;

– ingliz tilida: Young Scientists’ Association of Academy of Science of Republic of Uzbekistan

1.5. Manzili: 100047, Tashkent sh., Yaxyo G‘ulomov ko‘chasi, 70.

1.6. Mazkur nizom maqsadlari uchun, yosh olimlar deganda 40 yoshga yetmagan aspirantlar, doktorantlar, tadqiqotchilar, magistrlar, talabalar, mutaxassislar va FA bo‘linmalari va oliy o‘quv yurtlarining o‘qituvchilari tushuniladi.

2. YoOK faoliyatining predmet, maqsad va vazifalari

2.1. YoOK faoliyatining predmeti FA yosh olimlarining ijodiy ilmiy faolligining rivojlanishiga ko‘maklashish, shuningdek yosh olimlarning manfaatlarini, mehnat va yashash sharoitlarini yaxshilash, bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishni tashkillashtirish masalalarini hal etishdan iborat.

2.2. YoOK faoliyatining asosiy maqsadlariga quyidagilar kiradi:

– FA yosh olimlarining kasbiy rivojlanishini faollashtirish, dolzarb ilmiy muammolarni ishlab chiqishda va istiqbolli ilmiy maqsadlarni hal etishda ularning faoliyatlarini birlashtirish, yosh olimlarning innovatsion faoliyatini rivojlantirish;

– ilmiy kadrlarni tayyorlashda, akademik fanning rivojlanishida, ilmiy maktablarning vorisligini ta’minlashda ko‘maklashish;

– O‘zbekiston yosh olimlari va mutaxassislarining yashash darajasini oshirishda ko‘maklashish.

2.3. Ko‘rsatilgan maqsadlarga erishish uchun, YoOK quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

– respublika yosh olimlarining ilmiy tashabbuslarini ruyobga chiqarish uchun sharoitlar yaratish;

– O‘zbekiston Respublikasida fan va ta’limda kadrlar taraqqiyotini, ishlab chiqarishdagi faoliyatni va muammolarni monitoring va tahlil qilish;

– ommaviy axborot vositalarini ta’sis etish va chop etish faoliyatini amalga oshirish (Internet saytlar, jurnallar, to‘plamlar);

– yosh olimlarning kasbiy o‘sishiga ko‘maklashish;

– yosh olimlarning xalqaro ilmiy va ijtimoiy forumlarini, konferensiyalarni, seminarlarni va boshqa anjumanlarni tashkil qilish va olib borish;

– yosh olimlar tomonidan ilg‘or, milliy va halqaro tajriba, yutuqlarni qo‘llash uchun, ilmiy adabiyotlarni chuqur o‘rganish uchun sharoitlar yaratish;

– oliy ta’lim muassalarining ilmiy jamoalari aloqalarini tashkil qilish, uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

– milliy va xorijiy fanlarning mashxur olimlari, arboblari bilan uchrashuvlarni tashkil etishga har tomonlama ko‘maklashish;

– yosh olimlar olimpiadalarini o‘tkazish;

– amaldagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchilgida ko‘rsatilgan tartib va muddatda davlat xokimiyati organlari va uz-o‘zini boshqarish organlari bilan hamkorlikda yosh olimlarning xukuk va manfaatlarini ximoya qilish bo‘yicha normativ aktlarni ishlab chiqishda ishtirok etish.

3. FA YoOKda a’zolik

3.1. FA YoOKning a’zosi bulib 40 yoshga yetmagan aspirantlar, doktorantlar, tadkikodchilar, magistrlar, talabalar, mutaxassislar, va FA bulinmalari va oliy ukuv muassalarining ukituvchilari bo‘lishi mumkin.

3.2. YoOKda a’zolik ixtiyoriydir.

3.3. YoOKga a’zo bo‘lish Kengash Prezidentining nomiga shaxsiy ariza asosida «A’zolik to‘g‘risidagi yo‘riqnoma»ga binoan amalga oshiriladi.

3.4. YoOKga a’zolik quyidagi hollarda tugatiladi:

4. FA YoOKning tashkiliy tizimi

4.1. FA YoOKning tashkiliy tizimi uning Markaziy apparati (Byuro), Yig‘ilish va Umumiy majlisdan iborat.

4.2. Byuro YoOKning faoliyati bilan boglik masalalarni hal qilish uchun shakllantiriladi. Byuro tarkibiga Rais, Raisning fizika-matematika va texnik fanlar bo‘yicha urinbosari, Raisning tabiiy fanlar bo‘yicha urinbosari, Raisning ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha urinbosari, Samarkand, Buxoro, Qarshi, Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari bo‘yicha mintaqaviy vakil, Qoraqalpogiston Respublikasi va Xorazm viloyati bo‘yicha mintaqaviy vakil hamda ilmiy kotib kiradi.

4.3. O‘zbekiston Respublikasi YoOKning Rais raxbarligidagi Yig‘ilish ilmiy tadqiqot muassasalarining sohaviy ilmiy faoliyati bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi maslahat organi hisoblanadi.

Yig‘ilish tarkibiga Byuro a’zolari va Kengash Raisi o‘rinbosarlari har birining ikki nafar mutaxassisi kiradi.

4.4. Umumiy majlis tarkibiga Yig‘ilish a’zolari va FA YoOK bo‘limlari rahbarlari kiradi.

5. FA YoOK Markaziy apparati (Byuro)

5.1 YoOK raisi o‘rinbosarlari birgalikda YoOK faoliyatiga raxbarlik kiladi.

5.2. YoOK Raisi bir vaqtning o‘zida Kengash hamda Byuroning raisi hisoblanadi.

5.3. Rais, uning fan sohalari bo‘yicha o‘rinbosarlari va mintaqaviy vakillari, mas’ul kotib FA Prezidenti tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.

  1. Rais o‘rinbosarlarining har biri qo‘l ostida 2 nafar mutaxassis faoliyat yuritadi. Mutaxassislar FA Prezidenti tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.

5.5. Mas’ul kotib YoOKning ish faoliyatini tashkillashtiradi va yuritadi.

5.6. YoOKning faoliyatini ta’minlash uchun Byuro:

5.7. Byuroning qarorlari YoOK Raisi va ilmiy kotib imzolari bilan tasdiklanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.

6. O‘zbekiston Respublikasi FA YoOKning Yig‘ilishi

  1. Yig‘ilish YoOKning vakolat doirasiga kiruvchi barcha masalalarni hal kiluvchi oliy organ xisoblanadi.

6.2. Yig‘ilish, a’zolarining navbatdagi va navbatdan tashqari majlislari shaklida faoliyat kursatadi.

6.3. Yig‘ilish Byuro tomonidan YoOKning faoliyat asosiy maksadi va masalalarini hal qilish uchun har oyda kamida bir marotaba chakiriladi.

6.4. Mas’ul kotib Yig‘ilishning ish yuritishini tashkil kiladi, Yig‘ilish Raisi bilan kelishgan holda, Yig‘ilish a’zolarini Yig‘ilishning navbatdagi majlislari haqida xabardor kiladi.

6.5. Yig‘ilish:

6.6. Yig‘ilishning navbatdan tashqari majlisi Byuro a’zolarining uchdan bir kismining va mintaqaviy bulimlarning taklifiga kura, ular tomonidan taklif kilingan kun tartibidagi masalalarni hal qilish uchun chakirilishi mumkin.

6.7. Yig‘ilish majlisida Byuro tomonidan taklif kilingan shaxslar ishtirok etishi va kun tartibidagi masala yuzasidan chiqish qilishi mumkin.

6.8. Yig‘ilish majlisida uning a’zolari ruyxat tarkibining uchdan ikki kismi ishtirok etgan taqdirda majlis vakolatli, uning Qarori qabul kilingan xisoblanadi. Qaror ishtirokchilarning uchdan ikki kismi ovoz bergan taqdirda, qabul kilingan xisoblanadi.

6.9. Yig‘ilish ovoz berish jarayonida, sogligi tufayli yoki xorij xizmat safarida bo‘lishi munosabati bilan ishtirok etmagan a’zolarni xisobga olmaslikka xakli.

6.10. Yig‘ilishning navbatdagi majlisida quyidagi masalalarni hal qilishi shart:

6.11. Yig‘ilishning navbatdagi majlisi YoOKning vakolati doirasidagi boshqa masalalar bo‘yicha ham qarorlar qabul qilishi mumkin.

6.12. Ommaga oshkor kilinmaslikni talab kiladigan masalalar, Kengashning yopik majlisida hal qilinadi.

7. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi

bilan o‘zaro munosabat

7.1. Yilning oxirida YoOK FAga o‘z faoliyati haqida xisobot beradi va keyingi yilning ish rejasini tasdiklaydi.

7.2. Ish rejasi va xisobot YoOK Kengashi tomonidan tasdiklanadi.

7.3. YoOK FAga ilmiy konferensiyalar va seminarlar utkazish haqida, boshqa ilmiy jamiyatlar va tashkilotlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni yulga kuyishi haqida xabar beradi.

8. Yakuniy qoidalar

8.1. YoOK amaldagi konunchilik doirasida tashki iktisodiy faoliyatni amalga oshiradi, shuningdek, milliy va chet el valyutasida bank xisob rakamlarini ochishi mumkin.

8.2. Mazkur nizom YoOK Kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi va YoOK Raisi tomonidan tasdiklanadi.