“Mard o'glon” davlat mukofotiga e'lon

O’zbekistan Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-noyabrdagi “Mard O’g’lon” davlat mukofoti ta’sis etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3402-son Qarori hamda unga ilova bilan “Mard o’g’lon” davlat mukofoti to’g’risidagi Nizom tasdiqlangan.

Nizomga muvofiq, “Mard o'glon” davlat mukofoti ilmiy faoliyatidagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi va iste’dodi bilan tengdoshlariga o’rnak bo’lib kelayotgan 14 yoshga to’lgan va 30 yoshdan oshmagan iqtidorli yigitlarga fan ta’lim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, san’at, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat soxalarida hamda hududni muxofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan aloxida yutuqlari uchun berilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan, O’zbekistan Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimining ilmiy muassalarida faoliyat yuritayotgan, fan-olimpiadalarda yuqori o'rinlarni egallagan, xalqaro va respublika mikyosidagi tanlovlar va musobaqalarning g’oliblari xakidagi ma’lumotlarni ilovadagi jadval asosida joriy yilning 7-fevral kuniga qadar O'zbekiston yoshlar ittifoki Markaziy Kengashi apparati Davlat mukofotlariga nomzodlar bilan ishlash bo’limiga yuborish uchun Ilovaga muvofiq ma’lumotlarni Fanlar akademiyasining Yosh olimlar kengashiga (ma’lumot chun +998935941402 Tillaeva G.X.) taqdim etishingizni so’raymiz.

Iqtidorli yoshlar to’g’risida ma’lumot

F.I.Sh.

Tug’ilgan yili va joyi

Erishgan yutug’i to’g’risida qisqacha ma’lumot

....